Namangandagi maishiy texnikalar do‘konida yong‘in yuz berdi
Oqibatda binoning 45 kvadrat metr joyi, undagi buyumlar va hujjatlar yonib zararlangan.

Bugun, 11-iyul kuni Namangan viloyatining Chust tumanidagi maishiy texnikalar do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:56 da Yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli Chust tumani “Birlik” MFY Chustiy ko‘chasida joylashgan xususiy savdo do‘konda yong‘in sodir bo‘layotganligi xaqida taman FVB 101 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan. Shunga asosan, qutqaruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida savdo do‘konining shift qismidan 45 kvadrat metr joyi, unda bo‘lgan maishiy texnikalar va do‘konga tegishli xujjatlar yonib zararlangan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.








