O'zbekiston

O‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin—Shavkat Mirziyoyev

Prezident Samarqanddagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin—Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

O‘zbekistonda islohotlar kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Xususan, oxirgi 3 yilda barcha hududlar, soha va tarmoqlarni rivojlantirishga doir 400 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi.

 

Davlat rahbari har doim “o‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin”, deya talab qo‘yadi. Shunga muvofiq, islohotlarning aholi hayotiga ta’siri o‘rganib borilmoqda.

 

Shunday kompleks o‘rganishlardan biri yaqinda Samarqand viloyati misolida o‘tkazildi. So‘rovda qatnashganlarning ko‘pchiligi hokim yordamchilarining faolligini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, internet, jamoat transporti sohalaridagi siljishlarni yuqori baholagan.

 

Shu bilan birga, joylardagi muammolarni, o‘zgarish sezilmayotgan sohalarni ham ochiq aytgan. Jumladan, joylarda yer va suvdan samarali foydalanish, elektr, gaz va ichimlik suvi yetkazib berish, yer ajratish kabi masalalarda kamchiliklar mavjud. Masalan, Samarqanddagi Xalq qabulxonalariga aholi va korxonalarni elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va ko‘mir bilan ta’minlash bilan bog‘liq 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

 

Yig‘ilishda tuman va shaharlarda islohotlarning samaradorligi, aholi va tadbirkorlar ko‘targan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilinib, takliflar bildirildi.

 

Xususan, ma’muriy islohotlarni davom ettirib, davlat xodimlari sonini optimallashtirish, mahalliy byudjetlarni to‘g‘ri yo‘naltirish zarurligi aytildi. Qishloq xo‘jaligida yerga uzoq muddatli kafolat berish, davlat aralashuvini kamaytirish, moliya xizmatlarini yaxshilash talab etilmoqda. Energiya resurslari ta’minoti, kadastr, yo‘l, kommunal xizmatlar tizimlari ham takomillashtirilmoqda.

 

Prezident barcha islohotlarni pastdagi bo‘g‘inlarga bog‘lab, ularni avvalambor aholi farovonligini oshirishga qaratish lozimligini alohida ta’kidladi.

 

Samarqand viloyatidagi holat boshqa hududlarda ham borligi qayd etilib, hukumatga muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib borish va vaqtida chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin—Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz