O'zbekiston

Toshkentda pulli yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin

Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i maʼlum qildi.

Toshkentda pulli yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin

 

Toshkentda pulli yo‘llar, shuningdek, yo‘l chetida pulli to‘xtash joylari paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga tayanib, “NOVA24” xabar berdi.

 

Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bunday qaror haqida gap-so‘z yo‘q, biroq kelajakda pullik hududlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

«Bu sodir bo‘ladigan yilni aniq ayta olmayman, biz hali bu mavzuga kelganimiz yo‘q. Bunday amaliyotni amalga oshirish uchun bizda jiddiy sabab yo‘q. Lekin konsepsiyada pullik hududlar tashkil etilishi, unga kirishda haydovchilar maʼlum miqdorda to‘lashlari nazarda tutilgan», — deydi Anvar Jo‘rayev.

 

Qayd etilishicha, tirbandlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun Toshkentda yo‘l chetida pullik to‘xtash joylarini tashkil etish amaliyoti joriy etiladi. Biroq yaqin kelajakda bunday yechimlarni poytaxtda joriy etish rejalashtirilmagan.

 

Keltirilishicha, konsepsiya sifatida Transport vazirligining 2022 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihasi nazarda tutilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda pulli yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin | Zamon.uz