Xitoyda vabo aniqlandi
Uxan shahrida kasallikning ilk holati qayd etildi.

Xitoyning Uxan shahrida vabo kasalligi aniqlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha mahalliy shtabiga tayanib xabar berdi.
9 iyul kuni Uxan universiteti yotoqxonasida vabo kasalligini yuqtirishi ehtimoli bo‘lgan bemor aniqlangan. Bemorda diareya, qusish, isitma kabi simptomlar kuzatilgan. Tekshiruvlardan so‘ng holatga vabo tashxisi qo‘yilgan. Bemor hozirda shifokor nazorati ostida.
Mahalliy hokimiyat organlari Uxan universitetiga sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirish, ushbu universitet talabalari va o‘qituvchilari o‘rtasida ichak yuqumli kasalliklarining oldini olish hamda nazorat qilish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borishni tavsiya qildi.








