AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Ushbu cheklovlar Gonkong masalasi bilan bog‘liq.

Jozef Bayden Xitoyga qarshi Gonkong masalasi bilan bog‘liq sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uyning maxsus bayonoti eʼlon qildi.
Vashington Pekinni Gonkong muxtoriyatini bostirishda ayblagan va bu xatti-harakatlarni AQSH milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga xavf sifatida baholagan.
2020 yilda Xitoy parlamenti Gonkongda milliy xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qonun qabul qildi. Rasmiy Pekin buni terrorizm va separatizm xavfi bilan bog‘lagan.
2020 yilning 14 iyul kuni AQSHning o‘sha paytdagi rahbari Donald Tramp ushbu masala ortidan XXRga qarshi sanksiyalar va qo‘shimcha savdo-iqtisodiy bojlar joriy qildi. Xitoy tomoni buni o‘z ichki ishlariga aralashuv sifatida baholagan.
Avvalroq Xitoy va AQSH vakillari global iqtisodiy vaziyat yuzasidan fikr almashgandi.







