Bolalarni qutqarayotgan vaqtda qutqaruvchilarning o‘zi cho‘kib ketdimi?
FVV ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

Taqiqlangan joyda cho‘milgan bolalarni qutqarayotgan vaqtda qutqaruvchilarning o‘zlari cho‘kib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Xabarga ko‘ra, FVV tomonidan ushbu holat o‘rganildi va ushbu hodisa O‘zbekiston hududida sodir bo‘lmagani aniqlandi.
Shu o‘rinda FVV aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘ragan.







