Isroil Yaqin Sharqda umumiy bozor yaratishni taklif qildi
Bu mintaqadagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkinligi taʼkidlangan.

Isroil moliya vaziri Avigdor Liberman Yaqin Sharqda umumiy bozor yaratishni taklif qildi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida yozgan.
“Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA o‘rtasida yangi umumiy bozor yaratish vaqti keldi”, – degan u.
Liberman ushbu davlatlar bir-biri bilan dengiz, temiryo‘l va avtomagistrallar orqali bog‘lanishi mumkinligini qayd etgan. Vazirning fikricha, bu tashabbusning amalga oshirilishi mintaqadagi reallikni tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Avvalroq Isroil va Turkiya aviaqatnovlar bo‘yicha kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







