Putin Eronga boradi
U Ibrohim Raisiy bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qiladi.

Keyingi haftada Putin Eronga boradi. Bu haqda Eron parlamenti iqtisodiy komissiyasi raisi Muhammadrizo Pur-Ibrohimiy maʼlumot berdi.
Eron OAVlarining qayd etishicha, tashrif davomida Rossiya rahbari eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazadi. Tomonlar ikki davlat iqtisodiy hamkorligi holatini muhokama qiladi.
Shu bilan birga rasmiy Kreml hozircha bu haqda maʼlumot bergani yo‘q.
Avvalroq Putin bu yil Baydenni Mustaqillik kuni bilan tabriklamagani to‘g‘risida xabar berilgandi.







