Jahon

Qirg‘iziston tog‘larida muzlik o‘pirildi

Voqea guvohi bu haqda Instagram sahifasiga post joylagan.

Qirg‘iziston tog‘larida muzlik o‘pirildi

 

Issiqko‘l yaqinidagi tog‘larning Juuku darasida muzlik o‘pirildi. Jeti-O‘g‘uz tumanining tashqi vodiysidagi Juuku dovonida muzlik o‘pirilgani maʼlum qilingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlari jo‘nab ketgan.

 

Voqea guvohi Garri Shimmin Instagram sahifasiga post joylagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzlik o‘pirilib tushganda to‘qqiz nafar britaniyalik va bir amerikalik sayyohdan iborat guruh Juuku darasidan o‘tayotgan edi. Ular besh daqiqadan so‘ng muz bosib qolgan uchastkadan zo‘rg‘a o‘tishga ulgurgan.

 

Hodisa oqibatida ikki kishi yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Juuku darasi Issiqko‘lning janubiy qirg‘og‘ida, Qorako‘l shahridan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Teriskey-Ala-Too tizmasidagi eng uzun daraga hisoblanadi. U o‘zining tabiati, go‘zal manzaralari bilan xorijlik sayyohlarni o‘ziga tortadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Qirg‘iziston tog‘larida muzlik o‘pirildi | Zamon.uz