O'zbekiston

Talimarjon IES xususiylashtiriladi

Prezident energetika sohasidagi yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Talimarjon IES xususiylashtiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘paydi, mamlakatda 45 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.


O‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘plab iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan. Shulardan eng muhimlaridan biri energetika hisoblanadi.
O‘tgan yili Navoiy viloyatida O‘zbekistondagi birinchi quyosh elektr stansiyasi aynan Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda u bir kecha-kunduzda 1 million 180 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib bermoqda.


Bu sohada yana 5 ta yirik loyihani amalga oshirish kelishilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni tashkil etadi. Xususan, “Mubadala” va “Taqa” kompaniyalari bilan hamkorlikda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish va quvvatini oshirish, “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida shamol, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish mo‘ljallangan.


Ta’kidlanishicha, joriy yildan Birlashgan Arab Amirliklari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.


Yig‘ilishda energetika sohasidagi loyihalar ijrosi ana shu tizim asosida ko‘rib chiqildi.


Mutasaddilar loyihalarning hozirgi holati va yil yakunigacha mo‘ljallangan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi. 
Davlat rahbari bu loyihalar energetika tizimi barqarorligiga hamda iqtisodiyot tarmoqlariga investisiya oqimi yanada ko‘payishiga zamin yaratishini ta’kidladi.


Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylashtirish haqida so‘z borar ekan, bu loyiha issiqlik elektr stansiyalarini boshqarish va energiya ishlab chiqarishda namunaviy bo‘lishi kerakligi qayd etildi.


“Masdar” kompaniyasi bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasida amalga oshiriladigan loyihalar 2030 yilgacha O‘zbekistonda “yashil energetika” ulushini 25 foizga yetkazishda muhim qadam bo‘ladi. Shu bois, loyihalarni loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur bitim va hujjatlar imzolashni tezlashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Talimarjon IES xususiylashtiriladi | Zamon.uz