Barchasi Rossiyaga bog‘liq — Kuleba
Ukraina TIV rahbari g‘alla eksporti bo‘yicha muzokaralar haqida maʼlumot berdi.

Ukraina va Rossiya don eksporti masalasi bo‘yicha kelishuvga “ikki qadam” tashlasa yetarli. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba maʼlum qildi.
“Ukraina o‘z g‘allasini dunyo bozoriga eksport qilishga tayyor. Rossiya bilan kelishuvga ikki qadam qoldi. Hozir yakuniy bosqichdamiz, barchasi RFga bog‘liq. Agar ular haqiqatdan ham buni istasa, tez orada g‘alla eksporti boshlanadi”, – degan diplomat El País gazetasiga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda Ukraina donini Qora dengiz orqali eksport qilish yuzasidan xalqaro miqiyosida muzokaralar o‘tkazilmoqda. Unda Turkiya katta tashabbus ko‘rsatyapti. Anqara vakillari don yo‘laklarini tashkil qilishni Moskva va Kiyev bilan muhokama qilmoqda.
AQSH Ukrainadan g‘alla olib chiqishning qo‘shimcha yo‘llarini qidirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







