Baydenning reytingi rekord darajada pasaydi
Demokratlar uning 2024-yilgi saylovda ishtirok etishini istamayapti.

Demokratik respondentlarning atigi 26 foizi Jo Baydenning keyingi prezidentlik saylovlarida partiyadan nomzod bo‘lishini istaydi.
Yangi so‘rov natijalariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining hatto 2020-yilda uni qo‘llab-quvvatlagan tarafdorlari orasida ham obro‘si pasayib bormoqda. Shunday qilib, prezidentning umumiy ma’qullash reytingi 33 foizni tashkil etdi.
So‘rov AQSHning qator ommaviy axborot vositalarida ko‘plab demokrat amaldorlar Baydenning 2024-yilda qayta saylanishini istamasligi haqida xabar berganidan keyin o‘tkazildi.








