Istanbulda don eksporti bo‘yicha 4 tomonlama yig‘ilish boshlandi
Muzokaralar yopiq eshik ortida o‘tmoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha to‘rt tomonlama yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Rossiyaning “Kommersant” nashri xabar berdi.
Unda Ukraina, Rossiya, Turkiya delegatsiyalari, shuningdek, BMT vakillari ishtirok etmoqda. Muzokaralarning o‘zi yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda.
Turkiya Mudofaa vazirligi uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot bayonoti bilan chiqishni rejalashtirgan.








