Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatiladi
Prezident matbuot kotibi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpog‘iston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, yaʼni komendantlik soatining amal qilish vaqtini "soat 21 dan soat 7 ga qadar" o‘rniga "soat 23 dan soat 5 ga qadar" etib belgilashga qaror qilindi.
Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi 2022 yil 2 iyuldagi Prezident farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yo‘llangan.







