O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Eron Parlamenti rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda SHHT sammitining kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Eron Parlamenti rahbari bilan uchrashdi

 

Bugun, 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yuqori sur’atda davom ettirish va ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qilayotgan faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik ko‘rsatkichlari o‘sayotgani kuzatilmoqda – joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 40 foizga, qo‘shma korxona va loyihalar soni 360 tadan oshdi. Fevral oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida biznes forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Kelgusi oylarda qator muhim ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Islomiy Kengash Majlisi raisi O‘zbekiston yetakchisiga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazib, Eron tomoni ikki do‘st davlatlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli munosabatlarni mustahkamlash va amaliy mazmun bilan boyitish borasida qat’iy ekanini ta’kidladi.


Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmining oshishi uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, ilmiy-texnik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Kelishuvlarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish maqsadida samarali parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

 

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlikka erishish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi yo‘lidagi ko‘makni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

 

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi ko‘rib chiqildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev Eron Parlamenti rahbari bilan uchrashdi | Zamon.uz