Xitoy 2026-yilda Veneraga zond yuboradi
Olimlar ushbu sayyorani to‘liq o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Xitoy Fanlar akademiyasi 2026-yilda Veneraga uning tuzilishi va atmosferasini o‘rganish uchun VOICE (Venera Climate and Volcano Explorer) zondini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Milliy kosmik fanlar markazi saytida xabar berildi.
Zond 2027-yilda Venera orbitasida ilmiy izlanishlar olib boradi. Olimlar rejasiga ko‘ra, 350 kg og‘irlikdagi VOICYe Veneraning geologik evolyusiyasi, uning atmosferasidagi issiqlik va kimyoviy jarayonlari, shuningdek, sayyora yuzasi ustidagi bulutlarda hayot mavjudligi ehtimolini o‘rganadi.
Missiya davomida eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalardan, jumladan, yuqori aniqlikdagi tasvirlar uchun multispektral tasvirlagichlardan va radar diafragma sintezi uchun mo‘ljallangan radarlardan foydalaniladi.








