Japarov: Bu yil — siyosiy o‘yinlar emas, iqtisodiyot yili bo‘ladi
Qirg‘iziston rahbari yangi transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hukumatni yangi logistika yo‘laklari va transport tizimlarini yaratishga chaqirdi.
“Global o‘zgarishlar va jahon iqtisodiyoti markazining Sharqqa ko‘chishi sharoitida yangi logistika yo‘laklari va transport tizimlarini yaratish birinchi o‘ringa chiqadi. Qirg‘iziston hozirda manfaatli holatda turibdi. Temiryo‘l va aviatsiya infratuzilmasini yaratish kuchaytiriladi”, – degan Japarov.
Shu bilan birga prezident mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni iqtisodiy taraqqiyotga katta eʼtibor qaratishga chaqirgan.
“Barcha siyosiy o‘yinlar yakunlandi deb o‘ylayman. Bu yil — siyosiy o‘yinlar emas, iqtisodiyot yili bo‘ladi”, — degan u.
Avvalroq Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







