Adolf Gitlerning soati auksionga qo‘yildi
Buyum 4 million dollarga sotilishi kutilmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Adolf Gitlerga tegishli soat kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Buyum taxminan to‘rt million dollarga sotilishi kutilmoqda.
Aksessuar Shveysariyaning hashamatli soat ishlab chiqaruvchi “LeCoultr”ga tegishli. Soatming oltin qutisi ramzlar bilan bezatilgan bo‘lib, siyosatchining bosh harflari va uning uchta muhim sanasi: tug‘ilgan kuni, Germaniya kansleri etib tayinlangani va saylovlarda fashistlar partiyasining g‘alabasi bitilgan.
Taxminlarga ko‘ra, aksessuar 1933-yilda fashistlar partiyasi a’zolari tomonidan Gitlerga sovg‘a qilingan va 1945-yil 4-mayda uning uyiga hujum paytida fransuz askari tomonidan o‘g‘irlangan.
2019-yilda askarning nevarasi auksion uyiga murojaat qilib, buyumni sotib olishni taklif qilgan.








