AQSH harbiy byudjeti rekord darajada oshiriladi
Kongress quyi palatasi bunga rozilik bildirgan.

AQSH kongressi mamlakat harbiy byudjetining rekord darajada oshirilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Hill xabar berdi.
Kongressning vakillar palatasining 329 aʼzosi bu taklifni yoqlab ovoz bergan. Taqdim etilgan loyihada harbiy byudjet miqdori 840 milliard dollar etib belgilangan.
Bu oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 37 milliard dollarga ko‘p. Bundan tashqari, kongressmenlar Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini taqdim etish masalasini ham ko‘rib chiqqan. Ular Anqaradan bu samolyotlar Gretsiya havo hududiga bostirib kirmasligi bo‘yicha kafolat talab qilgan.
Endilikda harbiy byudjet loyihasi Senatda ko‘rib chiqiladi. Shundan keyin ikki palata hujjatlarni bir-biriga moslashtiradi. So‘ngra u Jozef Baydenga yuboriladi.







