Belarus SHHTga aʼzolik arizasini topshirdi
Minsk tashkilotda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

Belarus SHHTga qo‘shilish bo‘yicha ariza topshirdi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min maʼlum qildi.
Bundan tashqari, Eronning SHHTga qo‘shilishi bo‘yicha jarayon yakuniy bosqichga kirgani ham aytilgan. Iyun oyida Rossiya Minskning tashkilotga tezkor ravishda kirish bo‘yicha iltimos bilan chiqqanini ochiqlagandi.
Belarus hozirda SHHTda kuzatuvchi maqomga ega. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston uning to‘laqonli aʼzolari hisoblanadi.
Avvalroq Aleksandr Lukashenkoning SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etishi maʼlum qilingandi.







