Donald Trampning birinchi rafiqasi vafot etdi
“U ajoyib, go‘zal va ilhomlantiruvchi ayol edi”, — deydi sobiq prezident.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp birinchi rafiqasi Ivana Trampning 73 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining “Truth” ijtimoiy tarmoqlarida yozgan.
“Men uni sevgan barchaga xabar berishdan juda afsusdaman. Ivana Tramp Nyu Yorkdagi uyida vafot etdi. U ajoyib, go‘zal va ilhomlantiruvchi ayol edi, u yaxshi hayot kechirgan”, — deydi Tramp.
Ayolning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Ivana Tramp 1949-yilda Chexoslovakiyada tug‘ilgan. 1977-yilda Trampga turmushga chiqqan va 1992-yilda ajrashgan. Bu nikohdan ularning uch nafar farzandi (kichik Donald, Ivanka Tramp va Erik Tramp) bor.








