Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bu bo‘yicha qaror qabul qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda so‘zga chiqqan deputat Jahongir Shirinov Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirishni taklif qildi. Bunga sabab qilib o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha ko‘plab takliflar kelib tushayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusi 60 dan ortiq modda va 200 dan ortiq normaga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda.
Deputatlar yuqoridagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.







