Rossiya o‘z neftini milliy platforma orqali sotishi mumkin
Bu G‘arb bosimiga qarshi amalga oshiriladi.

Rossiya hukumati rus neftining oliy navini yaratishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, bu G‘arbning Rossiyaning neftdan olayotgan daromadlarini qisqartirishga qilayotgan harakatlariga qarshi amalga oshiriladi. Hozirda masʼul vazirliklar, neft qazib oluvchilar va Makaziy bank oktyabrda "qora oltin"ni sotish bo‘yicha milliy platformani ishga tushirmoqchi.
Bloomberg nomi sir qolishini istagan ikki amaldor bilan gaplashganini, ular bu rejalarni tasdiqlaganini maʼlum qilgan.
Avvalroq Brent markali neft narxi birinchi yarim yillikda 48 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







