O'zbekiston

Samarqandda “Abadiy shahar” qurilmoqda

Prezident viloyatda barpo etilayotgan Turizm markazini borib ko‘rdi.

Samarqandda “Abadiy shahar” qurilmoqda

 

Bugun, 15-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ushbu maqbara Islom olami uchun tabarruk ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda majmua shunga munosib qilib qayta qurilmoqda. Qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.

 

Davlat rahbari shu boradagi ishlarni ko‘zdan kechirdi, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

“Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada ko‘payadi. Ayniqsa, nuroniylar ko‘p keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va ma’rifiy, balki ulkan madaniy markaz ham bo‘lishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qo‘yish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Butkul yangicha qiyofa kasb etayotgan majmua ziyorat turizmining yirik markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, ulardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.


Prezident Samarqand tumanida barpo etilayotgan Turizm markazini ham borib ko‘rdi. Bu yerda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, “Abadiy shahar” karvonsaroyi qurilmoqda. Eshkak eshish kanali tartibga keltirilib, atrofda bog‘ yaratilmoqda.

 

Umuman, ushbu majmua turizm sohasidagi barcha xalqaro standartlarga mosligi, eng zamonaviy xizmat ko‘rsatish salohiyati bilan nafaqat Samarqand viloyati va mamlakat bo‘ylab, balki butun mintaqada turizm industriyasini yangi bosqichga ko‘taradi.

 

Davlat rahbari bu yerda yirik xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, o‘zbek xalqi madaniyati, ma’rifati, milliy taomlarini namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda “Abadiy shahar” qurilmoqda | Zamon.uz