AQSH va Saudiya nimalarga kelishib oldi?
Tomonlar 18 ta shartnoma imzolagan.

AQSH va Saudiya Arabistoni dunyo energetika bozoridagi barqarorlikka sodiqligini tasdiqladi. Bu haqda Jozef Baydenning Ar-Riyodga tashrifi yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonotda so‘z boradi.
Saudiya tomoni global neft bozorida muvozanatni saqlash yuzasidan majburiyat olgan.
"Tomonlar Ukraina inqirozi fonida strategik, iqtisodiy va investitsion hamkorlikning muhimligini taʼkidlashdi hamda barqaror energetika bozori tamoyiliga sodiqligini taʼkidlashdi. AQSH Saudiya Arabistonining barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun neft bozoridagi muvozanatni saqlash bo‘yicha majburiyatini olqishlaydi", — deyiladi hujjatda.
Boshqa bayonotda Saudiyaning neft qazib olishni iyul va avgust oylaridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 50 foizga ko‘paytirishi haqida so‘z boradi.
"Bu va boshqa choralar yaqin haftalarda bozorlarni barqarorlashtirishga yordam beradi", — deb qayd etilgan bayonotda.
Tomonlar Ukraina masalasida xalqaro huquq, hududiy yaxlitlik va suverenitet tamoyillari muhimligini taʼkidlagan.
Ikki davlat umumiy hisobda 18 ta kelishuv imzoladi. Ular investitsiyalar, energetika, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, kosmos va sog‘liqni saqlashga taalluqli.
Avvalroq Bayden Isroil bilan Eronga qarshi deklaratsiya imzolagandi.







