Navoiyda 32 yoshli fuqaro daryoga cho‘kib, vafot etdi
Hodisa “Zarafshon” daryosida sodir bo‘lgan.

Bugun, 16-iyul kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida daryoga cho‘milish uchun borgan bola cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda viloyat favqudodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy shahar “Tinchlik” MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani “Kattamachid” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida suvga tushib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan suvda qidiruv ishlari natijasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da u cho‘kkan joydan taxminan 10 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.
“Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli ekaligidan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, — deyidadi xabarda.








