O‘zbekiston chegarada tibbiy nazoratni kuchaytirdi
Bu Afg‘onistonda vabo aniqlangani bilan bog‘liq.

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ikki viloyatida bir kunda 40 ga yaqin odam vabodan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistondagi holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.
O‘zbekiston Respublikasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan keng doirada olib borilayotgan tadbirlar aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Respublika bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida o‘lat, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklar, jumladan vabo kasalligini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Respublikada vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda. Xususan, respublika bo‘yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya – karantin punktlari (keyingi o‘rinlarda – SKP deb yuritiladi) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo‘llarida, 11 tasi Halqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo‘l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan
O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo‘lovchilarni tibbiy – sanitariya ko‘rigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo‘llarda joylashgan yo‘lovchi o‘tish oqimi yuqori bo‘lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan.
Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratasiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni Sog‘liqni Saqlash Vazirining amaldagi buyruqlari talablari asosida vaboga tekshirilishi tashkil etilgan. Kasallikning mavsumida har bemorlar yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligini tashxisoti bo‘yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan. Shuningdek, davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo‘shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati kuchaytirilgan.








