O'zbekiston

Ayrim avtomobillarga metan gaz narxi oshirildimi?

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ayrim avtomobillarga metan gaz narxi oshirildimi?

 

Ijtimoiy tarmoqda ayrim turdagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gaz narxlari oshilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-sonli qaroriga muvofiq, yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan gaz quyish shaxobchalarida metan gazi narxlari oshirilganligi yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarida bugungi kunda 1 kub m metan gazining narxi barqaror ravishda o‘rtacha 2300 so‘mdan 2800 so‘mgacha sotilayotganligi aniqlangan.

 

“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilinadi”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31-may kuni AI–80 markali benzinning birjadagi narxi 2 foizga ko‘tarilgani xabar qilingandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ayrim avtomobillarga metan gaz narxi oshirildimi? | Zamon.uz