O'zbekiston

O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular 759,5 mln so‘m va 6 ming AQSH dollari miqdoridagi byudjet mablag‘larini talon-taroj qilgan.

O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Avvalroq O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi prezidenti N. N. federatsiyaning sobiq rahbarlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat yo‘llagan edi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tashkilot faoliyati bilan bog‘liq korrupsion holatlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. 


Bosh prokuratura o‘tkazgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Karate milliy federasiyasi mansabdor shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta yozuv kiritib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.  


Xususan, 2020/2021-yillarda o‘tkazilgan 10 ta o‘quv yig‘inlarida 49 nafar sportchi amalda qatnashmagan hamda mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsa-da, ishtirok etganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 403 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgan. 


Sportchilar tomonidan ishlatilmagan 64 turdagi 78,5  mln so‘mlik dori vositalari ham talon-toroj qilingan.  Shuningdek, sport zal ijaraga olinganligi to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirilib, 128 mln so‘m mablag‘lar amalda sport zaliga ega bo‘lmagan mehmonxonaga o‘tkazilib, o‘zlashtirilgan. 


Shu kabi 2021-yilda o‘tkazilgan 3 ta sport musobaqalari qatnashuvchilari tomonidan to‘langan 150 mln so‘m badal pullari kirim qilinmagan.  Bundan tashqari, me’yoriy hujjatlar talabalariga zid ravishda karate bo‘yicha jahon chempioni D. O.ga trenerlik qilmagan U. B.ga davlat byudjetidan asossiz ravishda 6 ming AQSH dollari to‘lanishiga erishilib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.  


Yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Karate milliy federasiyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz