“Starbucks” Britaniya bozorini tark etmoqchi
Bunga kuchli raqobatchilar sabab bo‘lgan.

“Starbucks” Buyuk Britaniyadagi bo‘linmalarini sotish imkoniyatini o‘rganmoqda. Chunki kompaniya yangi operatorlar tomonidan kuchli raqobatga duch kelmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.
Buyuk Britaniyada joylashgan “Starbucks” biznesi qirollikdagi 1000 dan ortiq kofein do‘konlarini nazorat qiladi va 4000 ga yaqin odamni ish bilan ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun: “Starbucks” brendi Amerikaning qahva tarqatuvchi kompaniyasi va xuddi shu nomdagi qahvaxonalar tarmog‘i hisoblanadi. U 1971-yili Siyetlda tashkil etilgan. 2020-yil holatiga ko‘ra, “Starbucks”ning dunyoning 75 ta davlatida 32 mingdan ortiq savdo nuqtalari bor.








