Jahon

Yaponiyada COVID-19 bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi

Mamlakatda bir sutkada yuz mingdan ortiq holat aniqlandi.

Yaponiyada COVID-19 bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi

 

Yaponiyada bir kunda 110 675 ta yangi koronavirus holati qayd etildi, deb xabar bermoqda “Japan Times” nashri. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich. 

 

Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta prefekturalarda infeksiya avj olmoqda. Tokioda 18 919 ta yangi kasallar aniqlandi, bu bir hafta avval ro‘yxatga olinganidan deyarli ikki baravar ko‘p.

 

Yaponiyada epidemiyaning tarqalishi “Omicron”ning o‘ta yuqumli sub-varianti bilan bog‘liq.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"