AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishi mumkin
Bu haqda mamlakat moliya vaziri maʼlumot berdi.

KXDR yadro sinovini o‘tkazgan taqdirda AQSH unga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Janet Yellen maʼlum qiladi.
Bu haqda u Reuters agentligiga bergan intervyusida gapirgan. Shu bilan birga vazir bu cheklovlar qaysi sohalarni qamrab olishini ochiqlamagan. Vashington bu ogohlantirish orqali Pxenyanning yadro dasturidan voz kechishini mo‘ljallamoqda.
2022 yilda Shimoliy Koreya rekord darajada ko‘p raketa sinovlarini o‘tkazdi. Xususan, qitʼalararo ballistik raketa ham uchirilgan.
Avvalroq KXDRning “DXR” va “LXR”ni tan olishi sabablari ochiqlangandi.







