O'zbekiston

Bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytiriladi—Prezident

Hokimlarga 10 kun ichida ish uslublarini o‘zgartirishi topshirildi.

Bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytiriladi—Prezident

 

Bugun, 18-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat yetishtirishni va aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Yig‘ilish davomida vazirlar va hokimlar o‘z tizimida o‘n kun muddatda strukturasi va ish uslublarini o‘zgartirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.


“Bundan buyon yig‘ilish va qarorlarni kamaytirib, ijro va aholi muammolari bo‘yicha ishlaydigan tizim bo‘ladi.

Samarqand viloyatidagi o‘rganishlar ko‘p kamchiliklarimizni ko‘rsatdi. Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi.

Oldimizda hali eng qiyin va og‘ir islohotlar turibdi. Hamma o‘zgarishi kerak, ish uslublarini ham o‘zgartirishi kerak”, — dedi Prezident.


Adliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarni yangiliklardan xabardor qilish va ularga qulayliklar yaratish hamda qonunchilikni ixchamlashtirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi. 


Hisob palatasi, Moliya vazirligiga berilayotgan mablag‘lar maqsadli ishlatilishi, ayniqsa, qurilishni moliyalashtirish, subsidiya va kompensasiya ajratish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi.


“Umuman, hamma mahalla, tumanga tushib, muammolarni ichiga kirib, aniq natijaga ishlashi shart”, — dedi davlat rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bundan buyon yig‘ilish va qarorlar kamaytiriladi—Prezident | Zamon.uz