Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini “muzlatib” qo‘ymoqchi
Bunga Stokgolmning kelishuv shartlarini bajarmayotgani sabab bo‘lgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini “muzlatib qo‘yish” bilan tahdid qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Stokgolm kelishuvni amalga oshirishda “yaxshi natija” ko‘rsatmayapti.
Turkiya rahbari Skandinaviya davlatlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha bergan va’dalarini bajarmasa, ularning tashkilotga kirishini “muzlatib qo‘yishga” tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyun kuni Madridda Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olgandi.








