Farg‘onada o‘qishga kiritish evaziga 11 ming dollar olgan fuqaro ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Toshloq tumanida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh. N. Qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘limi uslubchisi D. A. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro Sh. ni Farg‘ona davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








