Xitoy tabiiy ofatlar girdobida qoldi
Minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo'lmoqda.

Xitoyning ayrim mintaqalarida rekord darajadagi anomal issiqlik kuzatilayotgan bo'lsa, boshqa qismi toshqinlardan aziyat chekmoqda.
Shimoli-g'arbiy provinsiyalarda kamida 12 kishi hayotdan ko'z yumdi. Minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo'lgan. Yana 12 nafar inson bedarak yo'qoldi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, iqlim o'zgarishi sababli bunday ekstremal ob-havo hodisalari ehtimoli ortib bormoqda.
Suv toshqini qat'iy "nol-COVID" choralari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy muammolarga qo'shimcha ravishda sayohatni cheklaydi va ta'minot zanjirlarini buzadi.







