AQSHda gipertovushli qurol sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Raketa tovushdan besh barobar ko‘proq tezlikda uchgan.

AQSHda gipertovushli qurolning navbatdagi sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Pentagon maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, Raytheon Technologies Corp. Kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma tovushdan besh barobar tezlikda uchgan. Bu 2013 yildan buyon muvaffaqiyatli o‘tkazilgan uchinchi sinov bo‘ldi.
“Mamlakatimizning gipertovushli qurol salohiyatini oshirish eng asosiy milliy maqsadlarimizdan biri sanaladi va bu oldinga tashlangan o‘ta muhim qadam bo‘ldi”, – degan Raytheon raketa bo‘linmasi rahbari Ues Kremer.
Avvalroq AQSH gipertovushli qurollarni kuzatib turuvchi sunʼiy yo‘ldosh yaratmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







