Gruziya bosh vaziri Toshkentda
Uni Abdulla Aripov kutib olgan.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Toshkentga keldi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon tashrifi 18 iyul kuni boshlangan. Uni aeroportda O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov va Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev kutib olgan.
Garibashvili dastlab "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga borgan. Shuningdek, “Texnopark” majmuasiga ham tashrif buyurgan.
Gruziya hukumati maʼlumotlariga ko‘ra, bosh vazir Toshkentda oliy darajada muzokaralar o‘tkazadi.







