Jahon

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketidan nimalar o‘rin olgan?

Cheklovlar chorshanba kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketidan nimalar o‘rin olgan?

 

Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketi qaysi sohalar va shaxslarni qamrab olishi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Reuters  xabar berdi.

 

Yangi cheklovlar ostida Rossiyadagi “Tungi bo‘rilar” motoklubi va uning rahbariyati tushgan. Xususan, ushbu jamiyat prezidenti Aleksandr Zaldastanov va uning uch o‘rinbosarlari “qora ro‘yxat”dan o‘rin olgan.

 

“Sberbank”ka qarshi sanksiyalar xam kuchaytirilgan. G‘arb davlatlarida uning barcha aktivlari butunlay muzlatiladi. Bundan tashqari, bank bu hududda moliyaviy operatsiyalarning katta qismini amalga oshira olmaydi. Bu faqatgina oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘itlari sohasidagi amaliyotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Umumiy hisobda sanksiyalarning yangi paketiga RFning 8 nafar yuridik va 47 nafar jismoniy shaxslari o‘rin olgan. Ular orasida Moskva meri Sergey Sobyanin, aktyorlar Sergey Bezrukov va Vladimir Mashkov, “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezovlar bor.

 

Reuters maʼlumotlariga ko‘ra, cheklovlar chorshanba kuni tasdiqlanadi.

 

Avvalroq Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirgandi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"