Vladimir Putin Tehronga tashrif buyurdi
U yerda Turkiya va Eron Prezidentlari bilan muzokara o‘tkazadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tehronga keldi va u yerda Ostona formatidagi sammitda ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbarining Turkiya va Eronlik hamkasblari bilan alohida muzokaralar o‘tkazadi.
Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq jurnalistlarga Putinning joriy tashrifi davomida mamlakat rahbariyati – Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xumayniy va prezident Ibrohim Raisi bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilganini aytgan edi.
Ostona formatidagi uchrashuv doirasida Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ham muloqot qilishi rejalashtirilgan. Ikki prezident Ukrainadagi vaziyatni, jumladan, hozirda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ishtirokida ishlab chiqilayotgan Ukraina donini eksport qilish mexanizmini muhokama qiladi. Bundan tashqari, Putin va Erdo‘g‘on ikki tomonlama “flagman” iqtisodiy loyihalar haqida ham gaplashadi.
Sammitda Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari Suriyada yakuniy kelishuvga erishish yo‘lidagi keyingi qadamlarni muhokama qiladilar.
“Ostona uchligi” uchrashuvi yakunlari bo‘yicha yetakchilar qo‘shma bayonot qabul qilishlari, shuningdek, matbuotda chiqish qilishlari kutilmoqda.








