Amerikalik musiqiy guruh koinotda konsert bermoqchi
Ushbu loyiha 2024-yilda amalga oshiriladi.

Amerikaning “The Chainsmokers” musiqiy guruhi kosmosda konsert beradi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.
Guruh 2024-yilda koinotga uchib, Yerdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan bosimli kapsulada mini-konsert o‘tkazadilar.
“Biz har doim koinotga uchishni orzu qilganmiz va yangi tajribalarni boshdan kechirish uchun “World View” bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Biz bilamizki, Yer va koinot manzaralari aqlbovar qilmas va ilhomlantiruvchi bo‘ladi, shuning uchun biz bu parvozdan ijodkorlik uchun foydalanishni intiqlik bilan kutamiz”, — degan musiqachilar.








