AQSHda inson miyasiga chip o‘rnatildi
U miya faoliyatini nazorat qilishga mo‘ljallangan.

Nyu Yorkda 48 yoshli falaj bemorning miyasiga raqamli qurilmalarni telepatik yo‘l bilan boshqarish imkonini beruvchi, stendron ko‘rinishidagi to‘rt santimetrli chip o‘rnatildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.
Bu amyotrofik lateral skleroz bilan kasallangan va falaj bo‘lgan bemor uchun doimiy miya-kompyuter interfeysining birinchi implantasiyasi hisoblanadi. Mahsulot “Synchron” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Miya-kompyuter interfeysida 16 ta elektrod mavjud bo‘lib, ular miya faoliyatini nazorat qiladi va odam biror narsa haqida o‘ylaganida neyron faolligini qayd etadi. Ushbu implant bemorning ko‘kragiga o‘rnatilgan boshqa qurilmaga ulanadi. Yangi texnologiya tufayli odam miyadan signallarni kompyuter yoki smartfon kabi raqamli qurilmalarga uzatishi va shu tariqa ularni boshqarishi mumkin bo‘ladi.








