O'zbekiston

Davlat rahbarlari sammiti arafasida Markaziy Osiyo TIV rahbarlari uchrashdi

Vladimir Norov bir qator takliflar bildirgan.

Davlat rahbarlari sammiti arafasida Markaziy Osiyo TIV rahbarlari uchrashdi

 

2022 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Tomonlar birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalasini ko‘rib chiqqan. Sammit kun tartibi va dasturi, davlat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan yakuniy hujjatlar loyihalari bilan tanishilgan va maʼqullangan.

 

Markaziy Osiyoda siyosat, savdo, investitsiya, sanoat, transport, ekologiya, energetika, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish sohalarida davlatlararo hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

Vladimir Norov o‘z nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli prinsipial jihatdan yangi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro ishonch muhiti shakllanganini taʼkidladi.

 

Shu bilan birga, zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qatʼiy qadamlar qo‘yish, yuzaga kelayotgan tahdidlarga o‘z vaqtida javob berish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tegishli tashabbus hamda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

 

Xususan, yaqin savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy siyosat yuritish, tadbirkorlik subyektlari va hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mintaqaning transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, tabiiy resurslarni birgalikda samarali boshqarish muhimligi taʼkidlandi. Taʼkidlanganidek, bu yo‘nalishlarda qo‘shma chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi butun Markaziy Osiyo makonining barqaror rivojlanishi uchun har tomonlama samara beradi.

 

Afg‘onistondagi mavjud vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda hamkorlikni davom ettirish dolzarbligi taʼkidlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Davlat rahbarlari sammiti arafasida Markaziy Osiyo TIV rahbarlari uchrashdi | Zamon.uz