Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat tugatiladi
Bu bo‘yicha Prezident farmon imzoladi.

Pezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining murojaatini hamda ushbu hududda jamoat tartibi tiklanganligini, fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyul kuni muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.








