Yelena Zelenskaya AQSH Kongressida nutq so‘zladi
U tarixda ilk bor Kongressda nutq so‘zlagan xorijiy prezident rafiqasiga bo‘ldi.

Yelena Zelenskaya AQSH Kongressi tarixida birinchi marta nutq so‘zlagan xorijiy prezidentning rafiqasiga aylandi.
Zelenskaya Ukraina uchun qo‘shimcha qurol-yarog‘ berishni so‘radi va uning nutqidan so‘ng kongressmenlar bunga rozi bo‘lishgan. Ukraina prezidentining rafiqasi AQSHga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Siz bizga yordam berasiz va sizning yordamingiz juda kuchli... Rossiya o‘ldirayotgan paytda, Amerika qutqarmoqda. Buning uchun rahmat”, — degan u.
Nutq urushdan aziyat chekkan ukrainaliklarning fotosuratlari fonida o‘tdi. Shu bilan birga, Zelenskayaning ta’kidlashicha, Ukrainadagi bolalar halok bo‘lmasligi uchun ko‘proq raketalar kerak.








