Yevroittifoq tomon yana bir qadam
Albaniya va Shimoliy Makedoniya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Albaniya va Shimoliy Makedoniya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Twitter’da ma’lum qildi.
"Bugun Albaniya va Shimoliy Makedoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshlamoqda. Bu tarixiy lahza sizning muvaffaqiyatingiz, mashaqqatli mehnatingiz natijasi. Yevrokomissiya sizni har tomonlama qoʻllab-quvvatladi", - deb yozdi u.
Ayni vaqtda Bryusseldagi muzokaralarda Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Dimitar Kovachevskilar ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, 18-iyun kuni YeI kengashi Albaniya va Shimoliy Makedoniya bilan assotsiatsiyaga a'zo bo'lish bo'yicha muzokaralarni boshlashga qaror qilgan edi.
Ma’lumki, Shimoliy Makedoniya 2005-yilda, Albaniya esa 2014-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomini olgan.







