AQSHda 10 nafar harbiyni chaqmoq urdi
Ular orasida halok bo‘lganlar bor.

AQSHning Jorjiya shtatida mashg‘ulotlar vaqtida harbiylarni chaqmoq urdi. Hodisa oqibatida bir nafar askar halok bo‘lgan va to‘qqiz kishi yaralangan.
Voqea chorshanba kuni ertalab AQSH armiyasining Fort Gordon inshootida yuz bergani aytilmoqda. Yaradorlarning kuyish darajasi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada 19 nafar harbiy kursantni yashin urgan edi. Hodisa mamlakatning markaziy qismidagi Mesa-Baha hududida dala ishlari paytida yuz bergan.








