O'zbekiston

Jizzaxda Hyundai avtomobili butunlay yonib ketdi

Oqibatda transport vositasiga 586 mlnlik zarar yetgan.

Jizzaxda Hyundai avtomobili butunlay yonib ketdi

 

Bugun, 21-iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yengil avtomobil yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi. 


Qayd etilishicha, soat 16:14 da Paxtakor tumani hududida avtomashina yonayotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Darhol hodisa joyiga qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 16:30 da yetib borishgan va yong‘in 16:40 da bartaraf etilgan.


1979-yilda tug‘ilgan fuqaro J. E. boshqaruvida bo‘lgan “HYUNDAI SANTA FE” Paxtakor tumani “Chamanzor” MFY hududidan o‘tuvchi UR-38 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Paxtakor–Jizzax yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida transport vositasining motor qismida yong‘in chiqqan. Haydovchining yong‘inni mustaqil o‘chirishga bo‘lgan harakatlari foyda bermagan. Yong‘in haqida guvohlardan biri “101” qisqa raqami orqali xabar qilgan.


Hodisa oqibatida avtomashina to‘liq yonib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Jabrlanganlar yo‘q. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori taxminan 586 million so‘mni tashkil etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda Hyundai avtomobili butunlay yonib ketdi | Zamon.uz