O'zbekiston

Magistraturaga qabulda soxta sertifikatlar yuklanmoqda—vazir

Abduqodir Toshqulov qabul jarayonidagi kamchiliklarni tanqid qildi.

Magistraturaga qabulda soxta sertifikatlar yuklanmoqda—vazir

 

Bugun, 21-iyul kuni  vazir Abduqodir Toshqulov rahbarligida markaziy apparat mas’ullari, oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlari, professional ta’lim boshqarmalari boshliqlari ishtirokida 2022/2023-o‘quv yili uchun qabulni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.


Yig‘ilish avvalida vazir yangi o‘quv yilida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazish bo‘yicha 46 ta oliy ta’lim muassasasining tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratib, o‘tgan o‘quv yilidagi kamchiliklarni takrorlamaslik uchun har bir oliy ta’lim muassasasi rahbari mas’uliyat bilan yondashishi zarurligini ta’kidlagan. 


Bunda ajratilgan bino va auditoriyalar sifatli videoyozuv jihozlari bilan ta’minlangani, jamoatchilik nazoratining kuchaytirilgani, imtihon natijalarini o‘z vaqtida rasmiy manbalar orqali e’lon qilinishiga alohida to‘xtalingan.


Shuningdek, yig‘ilishda magistraturaga qabulni tashkil etish masalalari ko‘rilgan. Ma’lum qilinishicha, kelib tushgan 4332 ta arizaning 1282 tasi talab darajasida emas, ayrim hollarda soxta sertifikatlar ham yuklanayotgani aytib o‘tilgan. 


Magistraturaga qabul tugashiga oz muddat qolganiga qaramay hamon aksariyat OTM tomonidan bakalavriat bosqichi bitiruvchilari diplomlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish yakunlamagani tanqid qilingan. 


Shundan so‘ng ikkinchi oliy ta’limga hujjatlar qabul qilishning borishi, tartibi bilan bog‘liq ma’lumotlarni rasmiy saytlarda e’lon qilishdagi sustkashliklar ham tanqid ostiga olingan.


Ikkinchi oliy ta’limga qabulni amalga oshiradigan barcha OTM rektorlariga yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni aniq va batafsil e’lon qilish borasida ko‘rsatma berilgan.


Vazir yig‘ilishda, shuningdek, OTMda energiyatejamkorligi, to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash, murojaatlar bilan ishlash, koll-markazlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarda OTM rektorlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish lozimligini aytgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Magistraturaga qabulda soxta sertifikatlar yuklanmoqda—vazir | Zamon.uz