O'zbekiston

O‘zbekistonda dizayn va moda xalqaro universiteti ochiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekistonda dizayn va moda xalqaro universiteti ochiladi

 

 

O’zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti ochiladi. Bu bo’yicha Prezident qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi. 

 

Qarorga ko’ra, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)”, “Dizayn” yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hamda Parij xalqaro moda universiteti bilan qo‘shma fakultet negizida Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etiladi. 

 

Yangi oliygoh respublikada dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis sifatida asosan xotin-qizlarni tayyorlash hamda ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek, zamonaviy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sohaga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish va ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini jadallashtirish maqsadida ochilmoqda. 

 

Universitetda ta’lim jarayonlari Parij xalqaro moda universiteti (Fransiya), Markaziy Lankshir universiteti (Buyuk Britaniya), Koreya politexnika universiteti (Janubiy Koreya), Yevropa dizayn instituti (Italiya) va boshqa nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro standartlar asosida olib boriladi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.